Buxoro shahriga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
03 oktabr 2023 10922 1 daqiqa
Sobir Qurbonov Buxoro shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sobir Qurbonov Sultonovich Buxoro shahar prokurori etib tayinlandi.
Qurbonov ushbu lavozimga kelguniga qadar Peshku tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Ayni paytgacha Buxoro shahar prokurori lavozimida Ibrohim Rasulov faoliyat olib borgan. U Bosh prokuraturaning Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr