Buxoro OTMlarida millionlab pul “yeb yuborilgani ” ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Buxoro davlat universitetida 348 mln so‘mlik moddiy boyliklar qimmat narxlarda xarid qilingan, Buxoro davlat tibbiyot institutida esa 137 mln so‘mga yaqin stipendiya, ish haqi va boshqa to‘lovlar noqonuniy to‘langan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Buxoro davlat universitetida 348 mln so‘mlik moddiy boyliklar qimmat narxlarda xarid qilingan, 222 mln  so‘mdan ziyod mablag‘lar esa maqsadsiz sarflangan. 246 mln so‘mdan ortiq shartnomada ko‘rsatilmagan jihozlar sotib olingan. Qurilish tanlovlarini o‘tkazishda 20 mlrd so‘mlik tanlovlarda davlat xaridlariga oid qonun talablariga rioya etilmagan. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida esa magistrantlarga 13,5 mln so‘mdan ortiq stipendiya ortiqcha to‘langan.

Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot institutida 137 mln so‘mga yaqin stipendiya, ish haqi va boshqa to‘lovlar noqonuniy to‘langan hamda xodimlarni rag‘batlantirishda ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplari buzilgan. Ushbu ta’lim muassasasida, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda ham adolat tamoyillari buzilgani aniqlandi. Innovatsiya sohasiga aloqasi bo‘lmagan texnik xodim innovatsiya sohasi bo‘yicha rag‘batlantirilgan. 

Qolaversa, institutning akademik litseyi binosini ta’mirlash uchun 27 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi haqida e’lon berilgan. Ammo agentlik xodimlari tomonidan o‘rganilganida, qurilish ishlari aslida bajarib bo‘lingani aniqlangan.

Xabarga ko‘ra, yuqoridagi holatlar bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura idoralariga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing