Buxoro Nijniy Novgorod bilan qardosh bo‘ldi

Jamiyat

image

Buxoro shahri hokimi Jamol Nosirov va Rossiyaning Nijniy Novgorod meri Yuriy Shalabayev ikki shaharo‘rtasida qardoshlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda Nijniy Novgorod hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujjat Nijniy Novgorod delegatsiyasining “Innoprom. Sentralnaya Aziya” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan. 

Yuriy Shalabayevning so‘zlariga ko‘ra, qardosh shaharlar munosabatlari xorijiy shaharlar tajribasidan foydalanish imkonini beradi. Misol uchun, Nijniy Novgorod biznes hamjamiyatlari uchun shaharlarning sanoat salohiyatining qo‘shma taqdimotlarini o‘tkazishga, maktab almashinuvini tashkil etishga va ijodiy jamoalar almashinuviga tayyor.

Kelishuv iqtisodiyotning turli tarmoqlarida munitsipal darajada o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishni ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni o‘z ichiga oladi. Sanoat, shaharsozlik, transport tizimi, shahar va kommunal xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar, kichik biznes sohalarida hamkorlikni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. 

Tomonlar, shuningdek, madaniy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, milliy madaniyat kunlarini o‘tkazish, teatrlashtirilgan tomoshalar, madaniyat va san’at xodimlari delegatsiyalarini almashish, teatr hamda konsert jamoalarining gastrol safarlarini tashkil etish, madaniy an’analarni ommalashtirishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilgan.

Buxoro Nijniy Novgorod bilan qardoshlik aloqasini o‘rnatgan 20-shaharga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing