Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi

Jamiyat

image

“Buxoro xalqaro aeroporti” MCHJ direktori, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Bahronov Tohir Saidovich kecha, 3 avgust kuni 61 yoshida vafot etdi.

Tohir Bahronov 1959 yil 21 aprelda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1986 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, 1996 yilda Sankt-Peterburg fuqaro aviatsiyasi akademiyasini sirtdan o‘qib tugatgan.

Mehnat faoliyatini 1976 yilda Buxoro suv xo‘jaligi boshqarmasi kinomexanigi yordamchisi sifatida boshlab, Buxoro “XATP-11” avtokorxonasi haydovchisi (1977-1978), Buxoro aviaotryadining tashish bo‘limi dispetcheri (1980-1982), Buxoro shahar aviaagentligi boshlig‘i (1982-1985), Buxoro aeroporti yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish xizmati boshlig‘i, direktor o‘rinbosari (1985-1997) lavozimlarida ishlagan.

U 1997 yilda “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK direktorligiga tayinlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1999-2004), Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati (2014-2019), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi (2014-2019) bo‘lgan.

“Xalq so‘zi” nashrining xabar berishicha, Tohir Bahronov koronavirus infeksiyasiga chalingan va vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

305

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar