Buxoro hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
30 noyabr
7589Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Baxtiyor Odilov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U bungacha Buxoro viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Qayd etilishicha, Hamroyev Mirali Muhammadjonovich o‘z arizasiga ko‘ra Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan.
Ma’lumot uchun, yangi tayinlangan Baxtiyor Adilov 1986 yil 22 iyunda Buxoro shahrida tug‘ilgan. U 2008 yilda Buxoro davlat universitetini bitirgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 noyabr kuni Buxoro viloyatining Peshku va Vobkent, Qorovulbozor tumanlari hamda Kogon shahriga hokimlar tayinlangandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr