Buxorodagi omborda yong‘in kelib chiqdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Olot tumanida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 9 aprel kuni soat 15:45 da Buxoro viloyati Olot tumani “Xalifa” MFYda joylashgan “Imronnike” MCHJ hududidagi  omborxonada yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:52 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 16:20 da qurshab olinib, 18:26 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Yong‘indan ob’ektning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

126

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing