“Bukhara City”da quriladigan muzeyning suratlari paydo bo‘ldi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati hokimligi 83 gektar maydonda qad rostlashi kutilayotgan “Bukhara City” loyihasining suratlarini e’lon qildi. 

Qayd etilishicha, Respublika Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyuldagi “Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoyev, Ibrohim Mo‘minov va Sanoatchilar ko‘chalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar, bino va inshootlar egallagan 83 gektar maydonda jami 73 ta lotdan iborat “Bukhara City” loyihasini amalga oshirishga kirishilgan. 

Loyihaning umumiy qiymati 550 million AQSH dollarini tashkil etadi. Shuningdek, Buxoroda ilk bor 1,1 gektarda 32 qavatli bino, 1,7 gektarda ekspomarkaz hamda 1,4 gektarda texnopark ham aynan ushbu hududda qurilishi ko‘zda tutilgan. 

“Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazida qad rostlashi kutilayotgan yana bir muhim inshoot — qadimiy Sharqona usulda gumbazsimon qilib qurilgan, ya’ni, mamlakatda mavjud tarixiy obidalari ko‘rinishidagi uch-to‘rt qavatli muzeydir. Bu bino — lotning umumiy maydoni 9 ming 354 metr kvadratdan iboratdir. Undan 6 ta ekspozitsiyadan iborat Buxoro tarixi, tabiati hamda tasviriy san’atini o‘zida aks ettirgan 125 mingga yaqin eksponat o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Loyihaga binoan, muzey binosidan anjumanlar zali, fond zaxira xonalari, fitobar, ofislar hamda kutish zali tashkil etiladi.

Turkiya Respublikasining "Studio Vertebra" kompaniyasi me’mor-mutaxassislari tomonidan loyihalashtirilayotgan inshootning umumiy qiymati 6,9 million AQSH dollariga baholangan. Muzey qurilishi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisining 2020 yil 19 noyabrdagi 145-son bayonining 7-ilovasiga muvofiq 2021 yilda muzey qurilishi ishlari boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing