Bo‘kada ayol o‘zini yoqib yubordi
Jamiyat
−
16 iyul 2020
19187Joriy yilning 8 iyul kuni Bo‘ka tumani “Qoraquduq” mahalla fuqarolari yig‘ini profilaktika inspektori katta leytenant Farhod Qulmatov o‘z hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, ushbu mahallada yashovchi 67 yoshli fuqaro M.X. (ayol) o‘zini yoqib yuborayotganini ko‘rgan. Xodim darhol olovni o‘chirish choralarini ko‘rib, fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatgan va uning hayotini saqlab qolgan.
Tuman markaziy shifoxonasi tomonidan fuqaro M.X.ga, I-II darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, katta leytenant Farxod Kulmatov fuqaroni qutqarayotgan vaqtida, uning o‘zida (o‘ng ko‘l sohasi) ham II-III darajali kuyish jarohati borligi shifoxona ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan.
Fuqaro M.X. suhbat davomida, oilasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani va bundan qattiq ranjiganini aytib, o‘z joniga qasd qilish maqsadida o‘zini yoqib yuborganini bayon qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr