Bugundan O‘zbekistonda Prezident saylovi kampaniyasiga start berildi
Jamiyat
−
10 may 2023 9098 1 daqiqa
Bugun, 10 may kunidan boshlab Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda joriy yilning 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi kampaniyasiga start berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining muddatidan ilgari prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda saylov kampaniyasini e’lon qilish va saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Kalendar rejasi ikki oy muddatni qamrab olgan. Kalendar rejaga ko‘ra, saylov jarayonining 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha 51 banddan iborat asosiy tadbirlar kiritilgan.
Xususan, joriy yilning 15 mayigacha siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar taqdim etishi kerak. Saylovga 52 kun qolgan (17 may)dan boshlab 38 kun qolguniga (1 iyun) qadar bo‘lgan davr prezidentlikka nomzod ko‘rsatish uchun ajratilmoqda. Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga olish haqidagi Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish saylovga 36 kun qolganda (2 iyun) yakunlanadi. Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga kamida 32 kun qolgunga qadar (6 iyungacha) amalga oshiriladi. Nomzodlar vakillarini ro‘yxatga olish 7 iyundan boshlanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025