Bugundan Rossiyada migrantlarning milliy haydovchilik guvohnomalari amal qilmaydi

Olam

image

Bugun, 1 aprel kunidan boshlab Rossiyada chet el fuqarolarining haydovchilik guvohnomalari imtihonni qayta topshirish orqali Rossiya guvohnomalariga almashtirilishi kerak bo‘ladi. Chunki bugundan mamlakatda “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Federal qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qildi.

Endi boshqa mamlakatlarda berilgan haydovchilik guvohnomalari ularning egasi Rossiya fuqaroligini yoki Rossiyada yashash uchun ruxsatnomani olganidan keyin faqat bir yil davomida amal qiladi. Qonunga ko‘ra, M, A, B toifalari va A1, B1 toifalaridagi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun chet elliklar faqat nazariy imtihondan o‘tishlari kerak, C va D toifalaridagi (yuk mashinalari va avtobuslarni haydash uchun) milliy haydovchilik guvohnomalarini almashish uchun ham nazariy, ham amaliy imtihon topshiriladi.

"Ko‘rsatilgan talablar qonunchiligida rus tilidan davlat tili sifatida foydalanish belgilangan davlatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi", deydi Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk.

Uning tushuntirishicha, Abxaziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Janubiy Osetiya respublikalarining milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirish nazariy imtihon topshirilgandan so‘ng, Belarus Respublikasi guvohnomalarini almashtirish esa ularsiz amalga oshiriladi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

milliy haydovchilik guvohnomalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar