Bugundan poytaxtning ayrim ko‘chalari yopiladi

Jamiyat

image

Bugun, 10 oktyabr kunidan Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi. 

10 oktyabrdan 30 oktyabrgacha issiqlik mavsumiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida quyidagi ko‘chalar bo‘ylab avtomobil yo‘l qatnovining ma’lum qismini yopgan holda tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlarini olib boradi:

  • Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Birlashgan va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha – diametri 600 mm va uzunligi 60 m quvurlar almashtiriladi.
  • Avtomobil qatnov yo‘li Ashrafiy va Izzat ko‘chalari chorrahasidan Beshariq va Izzat ko‘chalari chorrahasigacha yopiladi.

Mazkur ishlar issiq suv ta’minoti iste’molchilariga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'chalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing