Bugundan “metan zapravka”lar faoliyati qisman tiklandi
Jamiyat
−
27 yanvar 2022
11354Bugun, 27 yanvar soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat hududlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni damda Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bundan mustasno bo‘lib, ushbu hududlarda gaz ta’minotining ish rejimini tiklash ishlari olib borilmoqda.
“Ertaga ertalabdan boshlab respublikamizdagi barcha gaz quyish shoxobchalari ish faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda”, deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.
Eslatib o‘tamiz, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq hajmda issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi iste’molchilariga yo‘naltirilishi sabab kecha, 26 yanvardan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgandi.
LiveBarchasi