Bugundan bir qator ob’ektlar faoliyati tiklandi
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
7600Bugun, 5 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 1 sentyabrdagi qaroriga asosan bir qator ob’ektlar faoliyatiga ruxsat berildi.
Unga ko‘ra, respublikadagi mavjud:
• umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona. Bungacha faqat ochiq havoda xizmat ko‘rsatadiganlarga ruxsat bor edi xolos);
• teatr va kinoteatrlar;
• parklar va istirohat bog‘laridagi attratsionlar bugundan yana o‘z faoliyatini boshladi.
Bugundan qayta faoliyat boshlagan ob’ektlar uchun qat’iy karantin talablari belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiyaning qaroriga asosan sentyabr oyidan boshlab 5 ta davlatga muntazam aviaqatnovlar qayta tiklandi. Shuningdek, ayrim hududlarda 7 sentyabrdan, ba’zi viloyatlarda esa 14 sentyabrdan boshlab maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ham faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda. 4 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarga ruxsat berildi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi