Bugun Jonsonning partiyasi uning taqdirini hal qiladi
Olam
−
06 iyun 2022
10218Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi deputatlari bugun, 6 iyun kuni partiya yetakchisi va Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonga ishonch bildirish bo‘yicha ovoz berishadi. Bu haqda bugun, 6 iyun kuni nohukumat konservativ deputatlarni birlashtirgan 1922 Qo‘mitasi rahbari Grem Breydi ma’lum qildi.
Agar Britaniya parlamentining Jamoalar palatasidagi barcha torilarning 15 foizi (54 nafar) Bosh vazirdan o‘z lavozimini tark etishni rasman talab qilsa, Breydi protsedurani boshlash huquqiga ega bo‘ladi.
“Partiya yetakchisiga nisbatan ishonchsizlik votumini tashkil etish istagida bo‘lganlar (deputatlar) 15 foizlik chegaradan oshdi. Reglamentga ko‘ra, ovoz berish bugun, 6 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan 20:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Barcha ovozlar shundan so‘ng darhol sanab chiqiladi”, deydi Breydi.
O‘z lavozimini saqlab qolish uchun Jonson partiyadagi hamkasblarini ko‘pchiligining (180 yoki undan ortiq) ko‘magiga muhtoj bo‘ladi. Shundan so‘ng u kamida bir yil davomida shunga o‘xshash demarsh takrorlanishidan himoyalanadi. Hukumat boshlig‘i mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, uch oy ichida yangi rahbar tayinlash uchun saylov o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasi xodimi Syu Grey tomonidan 2020-2021 yillarda koronavirus blokirovkalari avj olgan paytda Jonson qarorgohidagi bazmlar bo‘yicha o‘tkazilgan ichki tekshiruvdan so‘ng, partiya a’zolari orasida amaldagi Bosh vazirga bo‘lgan norozilik kuchaygan. Joriy yilning may oyi oxirida e’lon qilingan hisobotda Grey “Oliy boshqaruv ushbu amaliyot uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak” degan xulosaga keldi.
Bosh vazir bazmlarni birida qatnashgani uchun jarima to‘ladi va uzr so‘radi, biroq muxolifat talab qilganidek, iste’foga chiqishni yoki ishdan bo‘shashni rad etdi. Jonsoning fikricha, Ukrainadagi mojaro paytida uning lavozimini tark etishi mas’uliyatsizlikdir.
Oynisaxon Abdullayeva
LiveBarchasi