Bugun Jahon chempionati start oladi

Sport

image

Bugun, 11 iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Turnirning ochilish uchrashuvi Mexiko shahridagi mashhur “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:50 da boshlanadi.

Turnirning ochilish uchrashuvida mezbon Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikaga qarshi maydonga tushadi. Shu tariqa “Asteka” stadioni tarixda uchinchi bor Jahon chempionatining ochilish bahsiga mezbonlik qiladi.

Bu galgi ochilish marosimida kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira va Burna Boy bilan birgalikda 2026 yilgi Jahon chempionatining rasmiy qo‘shig‘i “Dai Dai”ni ijro etadi.

Meksikadagi shouda kolumbiyalik reggeton ijrochisi J. Balvin hamda janubiy afrikalik xonanda Tula ham ishtirok etadi.

2026 yilgi mundial turnir tarixidagi eng yirik Jahon chempionati bo‘ladi. Musobaqada 48 ta terma jamoa qatnashadi va jami 104 ta uchrashuv o‘tkaziladi. Final bahsi esa joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Fabio Kannavaro shogirdlari “K” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekistonning mundialdagi ilk bahsi joriy yilning 18 iyun kuni Mexikoda Toshkent vaqti bilan soat 7:00 boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Meksika Janubiy Afrika “Atsteka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing