Bugun Yerni kuchli magnit bo‘roni qopladi
Bu qiziq
−
01 aprel
8025Bugun, 1 aprel kuni Yerda qizil darajadagi magnit bo‘roni sodir bo‘ldi. Bu haqda “Meteoagent” xabar berdi.
Agentlikka ko‘ra, K-indeksi bo‘yicha 5 ballik qizil darajadagi magnit bo‘roni qayd etilgan. Buning oqibatida ba’zi ta’sirchan odamlarning boshi og‘rishi va o‘zini yomon his qilishi mumkin.
Prognoz qilinishicha, magnit bo‘roni bir necha kun davom etib, yaqin kunlarda normal qiymatlarga tushadi.
Ma’lumot uchun, magnit bo‘ronlar – bu Quyoshning ichki reaksiyalari. Quyosh massasining chiqishi, yulduz yuzasidagi chaqnashlar va boshqa harakatlar tufayli energiya Quyoshdan barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan Yerga ham tarqaladi.
Ma’lumot o‘rnida, magnit bo‘ronlari hatto o‘rta kuchga ega bo‘lsa ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, ta’sirchan toifadagi insonlarda:
- bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i;
- uyqu buzilishi;
- diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar;
- qon bosimining o‘zgarishi;
- surunkali kasalliklarning kuchayishi;
- og‘riqlar, shuningdek, bo‘g‘imlardagi og‘riq;
- ishtaha buzilishi va ko‘ngil aynishi;
- holsizlik hissi kuzatilishi ehtimoli mavjud.
Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi