Bugun Yerga Buyuk Giza piramidasidan kattaroq asteroid yaqinlashadi
Olam
−
20 avgust 2022
18191Bugun, 20 avgust kuni Misrdagi Buyuk Giza piramidasidan kattaroq asteroid 100 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta Yer yonidan uchib o‘tadi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
2019 AV13 deb nomlangan asteroidning diametri 330 dan 750 futgacha bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bu esa 455 futlik Buyuk Piramidaning o‘lchamiga teng.
Prognozlarga ko‘ra, u Yerga soatiga taxminan 20 000 milya tezlikda yaqinlashib, 13,8 oy (Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa) masofa uzoqlikdan uchib o‘tadi.
Oxirgi marta asteroid 1914 yilda bunchalik yaqin kelgan, keyingi safar kosmik jism 2113 yilda yaqinlashadi. Bu sayyora uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 avgust kuni Yerga potensial xavfli bo‘lgan 2015 FF asteroidi yaqinlashgandi.
LiveBarchasi