Bugun yana 3 nafar bemor koronavirus qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
07 noyabr 2020
12073Bugun, 7 noyabr kuni O‘zbekistonda 229 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 583 nafarga yetdi.
SSV ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 212 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 68 512 nafar bemordan 65 762 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2167 nafar bemordan 250 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi