Bugun va ertaga O‘zbekistonda o‘ta faol magnit bo‘roni kuzatiladi 

Salomatlik

image

Bugun, 18 avgust kuni O‘zbekistonda tush payti magnit bo‘ronining G4 darajaga ega 6 balli o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. Bu haqda Gidrometeorolog, iqlimshunos Erkin Abdulahatov ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, bugun hamda ertaga, 19 avgust kuni O‘zbekistonda magnit bo‘ronining o‘ta faol bosqichi kuzatiladi. 

Bugun kun davomida G3 va G4 darajaga ega 5-6 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 

G4 darajali magnit bo‘roni yuqoriroq ta’sir kuchiga ega bo‘lib, 6 balli magnit maydon geomagnit po‘rtana (shtorm) kuchiga ega. Bu kuch aloqa, elektr tarmoqlari, navigatsiya tizimi, sun’iy yo‘ldoshlar parvozi, quvur va trubalardagi induksiya oqimi, geologik qidiruv ishlari hamda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, bugun kun davomida juda ham ko‘pchilikda bosh orqa qismida karaxtlik va biroz ko‘ngil aynish holatlari kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

192

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing