Bugun O‘zbekistonning 8 hududida qor yog‘ib, harorat -17 gacha pasayadi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 11-15 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi. 11 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi. 

11-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17° sovuqgacha, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha, shimolda kechalari 20-25° sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30° sovuqgacha, kunduz kunlari 12-17° sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13° sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8° sovuqgacha pasayadi.  

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 

11-16 yanvarda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. 

11 yanvar kunduz kuniga ob-havo prognozi

O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxandaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘ oldi va tog‘li huuddlarning ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° sovuq, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha, shimolda12-17° sovuq bo‘ladi. 

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° sovuq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing