Bugun O‘zbekistonning 7 hududida chang-to‘zon bo‘ladi
Bu qiziq
−
14 iyul 5819 1 daqiqa
Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy yilning 13–17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirish bilan chiqqan edi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul