Bugun o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni Jahon birinchiligida ishtirok etadi

Sport

image

Bugun, 16 noyabr kuni Gvadalaxara shahri mezbonlik qilayotgan Taekvondo WT bo‘yicha Jahon chempionatining 3-kungi bahslari start oladi. O‘zbekiston vakillaridan erkaklar o‘rtasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashidov, ayollar o‘rtasida esa Zarnigor Husniddinova mundialdagi ishtirokini boshlaydi. 

Rashidov -68 kgda puerto-rikolik Adrian Benitez va Urugvay vakili Federiko Gonsalez to‘qnashuviga g‘olibiga qarshi jang qilsa, ayollar o‘rtasida -48 kg vaznda Zarnigor Husniddinova marokashlik Rabab Oxadi bilan hisob-kitob qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan janglarda O‘zbekiston sportchilari ikkita bronza medalni qo‘lga kiritishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made