Bugun O‘zbekiston JCH-2026 3-saralash bosqichidagi yurishini boshlaydi
Sport
−
05 Sentabr
6404Bugun, 5 sentyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi doirasida Shimoliy Koreya bilan bahs olib boradi.
“AiScore” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va KXDR shu vaqtga qadar 9 marta to‘qnash kelgan. Bellashuvlardan 6 tasida oq bo‘rilarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda koreyslar g‘alaba qozongan. Yana 2 ta o‘yinda durang qayd etilgan.
Bugungi uchrashuvda mezbonlar to‘liq oq libosda, darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi.
Mazkur uchrashuvda ummonlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakar al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Qosim Matar al-Hatmi ishlaydi.
Shuningdek, quvaytlik Abdulloh Jamoli VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi. Bahs soat 19:00 da start oladi.
LiveBarchasi