Bugun O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi 3-tur doirasida maydonga tushadi. Ravshan Haydarov shogirdlari bu safar Janubiy Koreya vakillari bilan bahs olib boradi. Uchrashuv “Prins Feysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:30 boshlanadi.

Mazkur yosh toifasida jamoalar so‘nggi bor 2023 yilgi Osiyo o‘yinlari yarim finalida  o‘zaro to‘qnash kelgan. Xitoyda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1:2 hisobida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medali bilan yakunlagan edi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni mezbonligida o‘tkazilayotgan musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1-turda Livanga qarshi uchrashuvda Amirbek Saidov, Ravshan Xayrullayev va Sardor Bahromovning gollari evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi turda esa Ravshan Haydarov shogirdlari Eronga qarshi bahsda 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Hozirda O‘zbekiston 4 ochko bilan “S” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Ravshan Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing