Bugun O‘zbekiston Venesuela bilan o‘ynaydi

Sport

−

image

Bugun, 30 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turnir doirasida Venesuelaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

Toshkent mezbonligidagi ushbu turnir FIFA tasarrufida tashkil etilmoqda. Shuningdek, kun doirasida Gabon va Trinidad Tobago qarama-qarshiligi ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs esa “Paxtakor” stadionida 15:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 27 mart kuni o‘tkazilgan Gabonga qarshi bahsda Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilovning gollari evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA Series musobaqasi uchun Fabio Kannavaro kengaytirilgan tarkibni e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing