Bugun O‘zbekiston Turkmanistonga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida CAFA Nations Cup 2025 musobaqasi A guruhi 2- tur  doirasida Turkmaniston va  O‘zbekiston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, jamoalar shu paytgacha 13 marta maydonga tushgan.  Bu ikki terma jamoa o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv 1992 yilda bo‘lib o‘tgan.

Toshkentdagi bahsda 2-1 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan. O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bor Turkmaniston bilan Jahon chempionati 2- saralash bosqichi doirasida to‘qnash kelgan. Har ikkala uchrashuvda ham bir xil hisobda (3-1) O‘zbekiston g‘alaba qozongan.  Umumiy hisobda 11 marta O‘zbekiston, 1 matta Turkmaniston g‘alaba qozongan va 1 ta durang natija qayd etilgan.

Terma jamoalarning barcha to‘qnashuvlari:

  • 28.06.1992 O‘zbekiston - Turkmaniston 2:1
  • 25.10.1992 Turkmaniston - O‘zbekiston 1:0
  • 11.04.1994 O‘zbekiston - Turkmaniston 4:0
  • 11.10.1994 O‘zbekiston - Turkmaniston 3:0
  • 11.12.1998 O‘zbekiston - Turkmaniston 1:1
  • 08.10.2000 O‘zbekiston - Turkmaniston 3:0
  • 25.04.2001 O‘zbekiston - Turkmaniston 1:0
  • 03.05.2001 O‘zbekiston - Turkmaniston 5:2
  • 26.07.2004 O‘zbekiston - Turkmaniston 1:0
  • 13.01.2019. Turkmaniston - O‘zbekiston 0:4
  • 14.06.2023 Turkmaniston - O‘zbekiston 0:2
  • 16.11.2023 Turkmaniston- O‘zbekiston 1-3
  • 06.06.2024 O‘zbekiston- Turkmaniston 3-1

 
1-tur uchrashuvlaridan so‘ng A guruhida to‘rt jamoaning barchasi bir ochkodan jamg‘argan. Ayni damda FIFA reytingida O‘zbekiston 55-o‘rinni, Turkmaniston esa 140-pog‘onani egallab turibdi.

Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Turkmaniston CAFA Nations Cup 2025

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing