Bugun O‘zbekiston pley-off bosqichidagi yurishini boshlaydi

Sport

image

Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da start oladi.

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning “J” guruhida ishtirok etib, dastlab  Paragvayga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Ikkinchi turda Irlandiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, hal qiluvchi 3-turda esa Panama ustidan yirik 6:1 hisobida zafar quchib, pley-off yo‘llanmasiga ega chiqgan edi.

Xorvatiya o‘smirlari esa “C” guruhida muvaffaqiyatli harakat qilib, ikki g‘alaba va bir durang bilan guruhni ikkinchi o‘rinda yakunlagan. Ular birinchi turda Senegal bilan 0:0 hisobida durang qayd etib, keyin BAAni 3:0 hisobida mag‘lub etdi hamda so‘nggi turda Kosta-Rika ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekiston U-17 – Xorvatiya U-17 juftligidagi bahs g‘olibi 1/8 finalda Italiya – Chexiya o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda FIFA rasmiy sahifasida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov hamda jamoa a’zosi Azizbek Abdumo‘minov haqida maxsus maqola e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorvatiya Jahon chempionati O'zbekiston U-17 1/16 final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing