Bugun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi nazorat o‘yinida qatnashadi
Sport
−
10 iyun 2024 6784 1 daqiqa
Bugun, 10 iyun kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Afrikaning Mali U-23 jamoasiga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Tomonlar Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida o‘zaro bahs olib borishi belgilangandi. 7 iyun kuni jamoalar dastlabki nazorat o‘yinida ishtirok etdi, bahsda 1:1 hisobida durang qayd etildi.
O‘zbekiston-Mali o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 19:00 da start oladi. Bu bahsda Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasida musobaqaning “C” guruhida Ispaniya, Misr va Dominakan jamoalariga qarshi bahs olib borsa, Mali “D” guruhida Yaponiya, Paragvay va Isroil jamoalari bilan kuch sinashadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025