Bugun O‘zbekiston Misrga qarshi bahs olib boradi

Sport

image

Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahrida bo‘layotgan xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasidagi Misrga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Hazza bin Zayd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Turnirda 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan to‘rtta jamoa – Eron, Kabo-Verde, O‘zbekiston va Misr ishtirok etmoqda.

Kecha, 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yarim finalda Eron Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston – Misr o‘yinining g‘olibi finalda Eronga qarshi maydonga tushadi. Mag‘lub jamoa esa 3-o‘rin uchun Kabo-Verde bilan bahs yuritadi.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘yin Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvidagi uchinchi uchrashuvi bo‘ladi. Bungacha italiyalik mutaxassis jamoa bilan 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing