Bugun O‘zbekiston Xitoy bilan o‘ynaydi
Sport
−
11:03 5181 1 daqiqa
Bugun 17 yanvar kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi chorak final doirasida maydonga chiqadi. Ravshan Haydarov shogirdlari bu bosqichda Xitoy bilan bahs olib boradi. Uchrashuv “Prins Feysal bin Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:30 boshlanadi.
Shu kunga qadar bu yosh toifasidagi jamoalar 3 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Bu uchrashuvlarning 2 tasida O‘zbekiston g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta uchrashuvda tomonlar murosa yo‘lini tanlagan.
Ma’lumot uchun, Xitoy olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogi “D” guruhida 2 ta durang va 1 ta g‘alaba qayd etgan holda 2‑o‘rin bilan chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi esa “C” guruhida 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etib, 1‑o‘rin bilan musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l oldi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs g‘olibi yarim finalda Vetnam bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi