Bugun O‘zbekiston Quvaytga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
09 Oktabr 7363 1 daqiqa
Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur oydagi xalqaro tanaffus doirasida birinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Soat 18:00 da Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida start oladigan bellashuvda terma jamoa Quvaytga qarshi bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, ushbu bellashuv MTJning yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun jamoa ustozligidagi debyut o‘yin bo‘ladi.
Avvalroq, mazkur bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi aniq bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugunga qadar Quvaytga qarshi 5 marta maydonga tushgan. Ushbu o‘yinlarning 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kannavaro Azizbek Turg‘unboyev va Umar Eshmurodovni ham MTJ yig‘iniga chaqirgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr