Bugun O‘zbekiston Avstraliya bilan o‘ynaydi
Sport
−
30 yanvar 3817 1 daqiqa
Bugun, 30 yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi 2-uchrashuvini o‘tkazadi. Nodir Eliboyev shogirdlariga bu turda Avstraliya terma jamoasiga raqiblik qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.
Joriy yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi “C” guruhi 1-turida Tojikistonga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobidagi durang bilan ayni damda guruhda 1 ochko bilan Yaponiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruh bosqichidagi so‘ngi uchrashuv joriy yilning 1 fevral kuni Yaponiya terma jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida uzluksiz ishtirok etib kelayotgan to‘rtta jamoadan biri hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligi tarixida to‘rt bor finalgacha yetib borgan va to‘tr marta kumush medallarga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, olti marta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi