Bugun tunda O‘zbekistoning diqqatga sazovor maskanlari moviy tusga kiradi

Jamiyat

image

Bugun, 15 sentyabr kuni tunda O‘zbekistonning barcha e’tiborga sazovor bino va inshootlari moviy tus oladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 
 
Bugun tunda respublika bo‘ylab #moviynurtarat aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Autizmga va nafas olish a’zolari kasalliklariga chalingan insonlarning ijtimoiy muhitga kirib borishi bilan bog‘liq muammolarga e’tiborni qaratish uchun respublikaning barcha hududlaridagi asosiy shahar tuzilmalari va diqqatga sazovor joylari moviy rangda porlaydi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda Wyndham, Radisson blu hotel, Hayatt Reggency Tashkent va Hillton mehmonxonasi, O‘zbekiston Milliy banki binosi va Temuriylar tarixi muzeyi binolari bugun tunda moviy rangga burkanadi. Shuningdek, Anhor Lokomotiv bog‘idagi aylanma charxpalak ham shu rangda yoritiladi. Undan tashqari Samarqanddagi Registon maydoni ham moviy rang tovlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, autizm (grekcha “autos” – “o‘zim” degan ma’noni anglatadi) bu ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U faqat yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Autizm tashxisli bola o‘z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik bilan bog‘liq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o‘rin tutadi. Bu kasallik sindromi o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘p uchraydi.

Hozirda dunyodagi har 88 bolaning birida autizm kuzatilishi mumkin.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing