Bugun Tojikistonda 6 marotaba zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
23 fevral 2023 35444 1 daqiqa
Tojikistonda Toshkent vaqti bilan soat 05:37, 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 da – olti marotaba 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Soat 05:43 da qayd etilgan zilzila epimarkazida zilzila kuchi 5,8 magnitudaga teng bo‘lgan. Uning koordinatalari 38,51 daraja shimoliy kenglik, 72,84 daraja sharqiy uzunlikni tashkil etgan. Ushbu yer qimirlashining o‘chog‘i 147 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila bo‘lgan vaqtdagi holat aeroportdagi kuzatuv kameralariga muhrlangani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Unda yer qimirlashidan vahimaga tushgan odamlar qochayotgani aks etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr