Bugun Toshkentning 7 ta tumanida issiq suv o‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 26 mart kuni Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya 2025−2026 yilgi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettirmoqda. Shu munosabat bilan 26 mart kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Yunusobod tumani

  • Amir Temur, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Ko‘zitarnoq, Shivli ko‘chalari, Markaz-2, 4, 5, 6 dahalari.

Mirzo Ulug‘bek tumani

  • Mustaqillik, Hamid Olimjon, Markaz-1.

Olmazor tumani

  • Gulsaroy, Sebzor, Oltinsaroy, Shimoliy Olmazor, Nurafshon, Qoraqamish, Taxtapul, Muxbir, Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5.

Shayxontohur tumani

  • Zulfiyaxonim, Labzak, Markaz-12, 15.

Chilonzor tumani

  • Zargarlik, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Dombrabod, Serquyosh, Usmur, Tohiyatosh, Al-Xorazmiy, Qizil Sharq, Algoritm, Massiv-5, 6, 8, 9, Markaz 10, 16, 17, 18, 19, 20, 20a, G-35.

Uchtepa tumani

  • Lutfiy, Shirin, Shayxzoda, Katta Xirmontepa, Farhod.

Yakkasaroy tumani

  • Kichik halqa yo‘li, Bog‘iboston.

“Vaqtincha keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Chilonzor, Uchtepa tumanlari va qisman Yunusobod tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing