Bugun Toshkentning 4 ta tumani aholisi gazsiz qoladi
Jamiyat
−
10 Mart 2023 9713 2 daqiqa
Bugun, 10 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Uchtepa tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu 4 ta tumandagi ayrim hududlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishiga gaz taqsimlash punktlaridagi ta’mirlash ishlari sabab qilib olingan.
Quyida ushbu 4 ta tumanning gaz ta’minot cheklanishi kutilayotgan ko‘cha va hududlari bilan tanishishingiz mumkin.
Yashnobod tumani:
2-Tolariq va Bunyodkor ko‘chalarida;
Farg‘ona va O‘zBUM ko‘chalaridagi 6 ta ko‘p qavatli uylardagi 160 ta xonadonda;
Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 20 ta uy xo‘jaligida;
O‘zBUM ko‘chasi 4 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 100 ta xonadonda;
“Assalom sohil” mavzesidagi 4 ta ko‘p qavatli uylardagi jami 620 ta xonadonda;
“Obod makon” mahallasidagi 21 ta ko‘p qavatli uylardagi 1 100 ta xonadonda;
“Yassaviy”, “Boysun”, “Ma’rifat”, “Shirinobod” mahallalari hududidagi 3 500 ta xonadonda.
Mirobod tumani:
“Fayziobod” va “Oq uy” mahallalaridagi jami 1 300 ta uy xo‘jaligida;
Fayziobod Yo‘l patrul xizmati binosi, Marhabo mehmonxonasi;
Maishiy xizmat ko‘rsatish 2 ta, Temir yo‘l omborxonasi, Bojxona omborxonasi;
“Qo‘yliq Ota”mahallasidagi jami 300 ta uy xo‘jaliklarida hamda 10 ta ulgurji iste’molchida.
Bektemir tumani:
“Nurafshon” mahallasidagi jami 70 ta uy xo‘jaligida.
Uchtepa tumani:
“Foziltepa” mahallasidagi jami 220 ta uy xo‘jaligida hamda hududdagi 18 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr