Bugun Toshkentning 2 ta tumani aholisi gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Ta’mirlash ishlari sababli poytaxt Toshkentning Yunusobod va Olmazor tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanining Hamkarobod ko‘chasi hududidagi yer usti o‘rta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli bugun, 23 mart kuni soat 11:00 dan 17:30 ga qadar “Tiklanish” mahallasi, Hamkarobod ko‘chasidagi 400 ta yerli xonadon va 34 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, Olmazor tumani, “Qizg‘aldoq” va “Bunyodkor” mahallalari hududidagi gaz quvuriga hisoblagich o‘rnatilishi sababli soat 11:00 dan 17:30 ga qadar quyidagi iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilar:

  • Qizg‘aldoq 165 ta xonadon;
  • Bunyodkor 135 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilar:

  • Do‘kon 3 ta.

“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent Energetika vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing