Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
10:14 2496 1 daqiqa
Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekistonda havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi, shuningdek, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-40 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-42 darajagacha bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi