Bugun Toshkentda magnit bo‘roni kuzatiladi

Salomatlik

image

Bugun, 10 fevral kuni Toshkent shahri va respublikaning Toshkent shahri bilan bitta geografik kenglikda joylashgan hududlarida magnit bo‘roni kuzatiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Toshkent shahrida 10 fevral kuni G2 darajali kuchga ega 4 balli magnit bo‘ronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Oxirgi kunlarda Yerning shimoliy yarim sharida magnit bo‘ronlari faolligi sezilarli kuzatilmoqda.

SpaceX sun’iy yo‘ldoshlari ham davomli bo‘ron kuchlarida o‘z yo‘nalishini yo‘qotib yaroqsiz holatga kelib qolgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Magnit bo‘ronlarining yuqori xavfli darajasi nafaqat, inson salomatligi, uning kundalik ish faoliyatiga, balki aloqa tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Mutaxassisga ko‘ra, ayni payt respublika aholisining aksariyatida bosh orqa qismida “karaxtlik” kuzatilmoqda. Bu bevosita magnit bo‘ronlari aks ta’sirida yuz bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing