Bugun Toshkentda kuchli ultrabinafsha nurlanish sodir bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
03 may 2023
5600Bugun, 3 may kuni poytaxt Toshkentda tush payti quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 ballik shkalada 10 ballik bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahadov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu quyoshning xavfli darajadagi nur sochishi hisoblanadi. Ammo bu holat mavsumga xos emas. Bu keskinlik quyoshda joriy yilning 30 aprel kuni kuchli chaqnashlar fonida ro‘y berayotgan bo‘lishi mumkin.
“Va ultrabinafsha nurlarining atmosferaning ozon qatlamidan o‘tmishga nisbatan “to‘siqlarsiz” kirib kelishi ortidan kuzatilayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ochiq oftob ostida himoya bosh kiyimlarini kiyib olish tavsiya etiladi”, deb yozadi meteorologiya sohasi mutaxassisi Erkin Abdulahadov.