Bugun Toshkentda 6 balli magnit bo‘roni kuzatiladi

Bu qiziq

image

Bugun, 8 may kunduzi G4 darajali 5-6 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi, iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Magnit bo‘ronining G4 darajadagi yuqori faolligi tush paytida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida baliq va ko‘kat mahsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G4 darajali davrida ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘riq kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing