Bugun Surxondaryoda qor yog‘adi

Bu qiziq

image

Bugun, 12 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida qor yog‘adi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bugun O‘zbekiston bo‘yicha Surxondaryodan boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Viloyatning ayrim hududlariga esa tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -7-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chish havfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -10-15 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 11 yanvar kuni 12 yanvar uchun ob-havo prognozini e’lon qilib, Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmasligini aytgan edi. Hozircha boshqa viloyatlarda ob-havoda o‘zgarish bo‘lishi ma’lum qilinmagan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Surxondaryo qor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing