Bugun Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi
Jamiyat
−
10:13 2443 1 daqiqa
Bugun, 27 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ikki kunlik safar davomida tuman va shaharlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Shuningdek, davlat rahbari Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Bog‘imaydon mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgandi.
Live
Barchasi