Bugun “shalpangquloq kubok”ning g‘olibi aniqlanadi

Sport

image

Bugun, 1 iyun kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Angliya poytaxti Londondagi “Uembli” stadionida Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya”si bilan bahs olib boradi. 

Jamoalar shu vaqtga qadar o‘zaro 14 marta kuch sinashgan. O‘yinlardan 6 tasida madridliklarning, 3 tasida esa dortmundliklarning qo‘li baland kelgan. Yana 5 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 24-19 “Real” foydasiga. 

“Real” va “Borussiya” o‘rtasidagi bahs ikki klub afsonalari Toni Kroos va Marko Roys uchun xayrlashuv o‘yini maqomida bo‘ladi. Har ikki futbolchi ham klublaridagi oxirgi o‘yinini o‘tkazadi. 

Agar bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsa “qaymoqranglilar” o‘z tarixida 15-marta YeCHL bosh sovrinini qo‘lga kiritadi. Dortmundliklar esa 2-marta "shalpangqulok kubok"ni o‘ziniki qilib olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, final o‘yini Toshkent vaqti bilan 2 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Evropa Chempionlar ligasi Borussiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing