Bugun shaxmat Olimpiadasi start oladi
Sport
−
11 Sentyabr 2024 5195 1 daqiqa
Bugun, 11 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bahslari boshlanadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi turnirning amaldagi chempioni sifatida sovrinni himoya qiladi.
45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining ochiq dasturida 193 ta, ayollar o‘rtasida esa 181 ta jamoa qatnashadi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar terma jamoasi:
Nodirbek Abdusattorov;
Javohir Sindorov;
Nodirbek Yoqubboyev;
Shamsiddin Vohidov;
Jahongir Vahidov.
Qizlar terma jamoasi:
Afruza Hamdamova;
Nilufar Yoqubboyeva;
Umida Omonova;
Marjona Malikova;
Nodira Nodirjonova.

Yigitlar jamoasi musobaqaning 1-turida Trinidad va Tobago vakillariga qarshi dona sursa, qizlar jamoasi gaitilik shaxmatchilar bilan bahs olib boradi. Musobaqa shveysarcha formatda o‘tkazilib, 11 ta turdan iborat bo‘ladi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr