Bugun Rahmonaliyev CHLda debyut qilishi mumkin
Sport
−
15:38 443 1 daqiqa
Bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchi Umarali Rahmonaliyev faoliyatida ilk bor Chempionlar ligasi bahsida maydonga tushishi mumkin.
Rahmonaliyev to‘p tepadigan Ozarbayjonning “Sabax” klubi musobaqaning umumiy bosqichi 1-turida safarda Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv “Old Trafford” stadionida Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Umarali Rahmonaliyev 2025 yildan buyon “Sabax” sharafini himoya qilib kelmoqda. 2026 yil yanvar oyida Ozarbayjon klubi futbolchining transferini “Rubin”dan to‘liq sotib olgan. Agar 23 yoshli yarim himoyachi bugun maydonga tushsa, bu uning uchun Chempionlar ligasidagi ilk uchrashuv bo‘ladi.
Shuningdek, bugun, 10 sentyabr kuni “Fenerbahche” – “Roma”, “Komo” – “Leypsig”, “Bavariya” – “Bude-Glimt” kabi bahslar bo‘lib o‘tadi.
Hozirga qadar yakuniga yetgan uchrashuvlardan so‘ng Fransiyaning PSJ jamoasi 5 plyus to‘plar farqi bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Live
Barchasi