Bugun profboksda ikki O‘zbekiston vakili jang o‘tkazadi
Olam
−
19 Oktyabr 2022 7781 1 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Mirzakamol Ne’matov va Bahromjon Fozilov Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi.
WBA Asia kamari sohibi bo‘lgan Bahromjon Fozilovga rossiyalik tajribali boskchi Dmitriy Mixaylenko raqiblik qilsa, Mirzakamol Ne’matov yana bir rus sportchisi Aslanbek Kozayevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschi Mirzakamol Ne’matov WBA Asia East kamari sohibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 22:55 da start oladi.
Shaxzod Shukurov
Live
Barchasi
Andijonda Labo Malibu-2 bilan to‘qnashdi
26 Oktyabr
Indoneziyada havo sifati keskin yomonlashdi
26 Oktyabr