Bugun Prezident uy-joy qurilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi
Jamiyat
−
03 mart 2021
6805Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xalq qabulxonalariga fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 10 foizidan ortig‘i (100 mingdan ziyod) aynan uy-joy masalasi bilan bog‘liq.
Yig‘ilishda Prezident aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha katta dasturni taqdim etishi kutilmoqda. Bunda ijtimoiy uy-joy qurish va ijaraga berish, ipoteka krediti shartlarini yengillashtirish va birinchi badal uchun subsidiyalar ajratish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi mumkin. Qurilayotgan mavzelarni infratuzilma va tashqi kommunikatsiyalar bilan ta’minlash holati, qurilish sifati ustidan nazorat sustligi tanqidiy muhokama qilinishi kutilmoqda.
LiveBarchasi