Bugun Prezident tibbiyot xodimlari bilan uchrashadi

Jamiyat

image

Bugun, 18 mart kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Uchrashuv birozdan so‘ng boshlanadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra,  Prezident bilan muloqotda 13 mingdan ziyod tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etadi. Shifokorlarga nafaqat oflayn, balki hududlardan turib onlayn qatnashish imkoniyati ham yaratilgan.

Aytishlaricha, davlat rahbarining ma’ruzasi “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston 24” (o‘zbek tilida, shuningdek surdotarjimon bilan), “Toshkent” va “Yoshlar” (rus tilida), “Dunyo bo‘ylab” (ingliz tilida) telekanallarida jonli efirga uzatilishi kutilmoqda.

Muloqotga tayyorgarlik davomida soha xodimlari va aholidan kelib tushgan takliflar bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ishlab chiqish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing