Bugun Prezident tadbirkorlar bilan uchrashadi
Jamiyat
−
20 avgust 4681 1 daqiqa
Bugun, 20 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ma’lumki, Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi ilk uchrashuvi 2021 yil 20 avgustida o‘tkazilgan edi. O‘sha uchrashuvda davlat rahbari bunday tadbirni har yili o‘tkazish va 20 avgustni Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilishni taklif qilgandi. Shundan buyon uchrashuvlar an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinmoqda, ularda tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan masalalar muhokama qilinmoqda va ular bilan maslahatlashgan holda qarorlar qabul qilinmoqda.
Shu kungacha ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda o‘z aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan. “Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushgan.
Bugungi uchrashuvda davlat rahbari ushbu murojaatlarni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada ko‘p qulaylik yaratishga qaratilgan yangi yechimlarni ilgari surishi kutilmoqda.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr